Ommaviy oferta shartnomasi
"Diagno AI" tomonidan onlayn tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq, ushbu hujjat jismoniy shaxslar (bundan buyon “foydalanuvchi” va/yoki “bemor” deb yuritiladi) bilan shartnoma tuzish uchun mo‘ljallangan va "Diagno AI" (bundan buyon “Platforma” deb ataladi) tomonidan taklif qilinadi. Bundan buyon birgalikda "Tomonlar" deb ataladi. Ushbu shartnoma quyidagi shartlar asosida tuziladi:
Ushbu hujjat Diagno AI platformasida e’lon qilingan bo‘lib, axborot stendida tanishish uchun taqdim etilgan va platformaning har bir foydalanuvchisi (bemor) uchun ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu foydalanuvchi platformaning tibbiy xizmatlaridan foydalanishga rozilik bildirgan hisoblanadi.
Ushbu ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilish DiagnoAI platformasida ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish jarayonida namoyon bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq).
Foydalanuvchi (bemor) tomonidan taklifni qabul qilish, mazkur shartnomaning barcha qoidalariga rozilik bildirilganini anglatadi va bu tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilganiga tenglashtiriladi.
Ushbu ofertaning amal qilish muddati foydalanuvchining DiagnoAI platformasida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlanadi va ro‘yxatdan o‘tish davri davomida amal qiladi.
1. ATAMA VA TA’RIFLAR
- "Diagno AI jamoasi" - Diagno AI platformasining egasi.
- Foydalanuvchi - Diagno AI platformasida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs bo‘lib, unga Tibbiy sun’iy intellektdan foydalanish, tibbiyot mutaxassisi bilan bog‘lanish, ilovadagi mavjud klinikalar bilan bog‘lanish xizmatlari ko‘rsatiladi.
- Bemor va/yoki foydalanuvchi - tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan shaxs.
- Tibbiyot mutaxassisi - Diagno AI platformasi orqali foydalanuvchiga (bemorga) tibbiy yordam ko‘rsatuvchi oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.
- Platforma - quyidagi veb-saytda joylashgan: https://diagnoai.uz, barcha huquqlar "DiagnoAI" jamoasiga tegishli.
- Sunʼiy intellekt (AI) - insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish, shu jumladan mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui.
- Buyurtma - tibbiy mutaxassis bilan uchrashish uchun belgilangan vaqt tanlash bilan platforma orqali amalga oshiriladigan harakat.
- Bron (booking) — foydalanuvchi tomonidan Diagno AI platformasi orqali shifokor yoki tibbiyot muassasasi xizmatidan foydalanish maqsadida aniq vaqt, joy va xizmat turini oldindan belgilash hamda uni rezerv qilishga doir elektron buyurtmani anglatadi. Bron qilish foydalanuvchi uchun mazkur xizmatni ko‘rsatish majburiyatini, shifokor (yoki klinika) uchun esa bron qilingan vaqt davomida ushbu xizmatni taqdim etish majburiyatini yuzaga keltiradi.
- Prays-list - tibbiy mutaxassis tomonidan foydalanuvchiga (bemorga) ko‘rsatiladigan xizmatlarning platforma tomonidan belgilangan narxi.
- Tibbiy xizmat - foydalanuvchiga (bemorga) tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar.
- Klinika — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lib, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasasi (shu jumladan, xususiy tibbiyot markazi, shifoxona, poliklinika yoki boshqa turdagi sog‘liqni saqlash tashkiloti).
2. SHARTNOMA PREDMETI
- Ushbu ofertaga ko‘ra, Diagno AI platformasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shifokor xizmatlarini taqdim etadi va tibbiyot mutaxassislari va foydalanuvchilar (bemorlar) o‘rtasidagi o‘zaro aloqani, shuningdek, foydalanuvchi (bemor) va boshqalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi (bemor), o‘z navbatida, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni platformaning narxlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshirish, tibbiy mutaxassis talablariga rioya qilish majburiyatini oladi. Platformada shuningdek, sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan yordamchi vositalardan foydalaniladi. AI tizimi foydalanuvchining kiritgan ma’lumotlari asosida dastlabki tavsiyalar, tahlillar va ogohlantirishlarni taqdim etishi mumkin, biroq ushbu ma’lumotlar shifokor konsultatsiyasini almashtirmaydi va faqat tibbiy mutaxassis qarorlarini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida xizmat qiladi.
- Ushbu shartnomaga ko‘ra, foydalanuvchi (bemor) shartnomaning mohiyatini va o‘z harakatlarini tushunadi va platforma rahbariyati tibbiy mutaxassisning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi), noxush hodisalar, bemorning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar emasligiga rozilik beradi.
- Ommaviy taklifni tasdiqlash orqali foydalanuvchi (mijoz) ushbu shartnomaning barcha shartlariga rozilik bildiradi.
- Foydalanuvchi (Bemor) tibbiy mutaxassis bilan tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, platforma rahbariyatiga e’tiroz va da’volar bilan murojaat qilmaslikka rozilik beradi. Bemor va tibbiyot mutaxassisi o‘rtasidagi barcha nizoli vaziyatlar foydalanuvchi (bemor) tomonidan bevosita tibbiyot mutaxassisiga yuboriladi.
3. XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI VA TO‘LOV TARTIBI
- Tibbiyot mutaxassisi olingan buyurtmaga muvofiq o’zi (klinika) joylashgan joyda xizmat ko‘rsatadi.
- Tibbiyot mutaxassisi o‘z materiallaridan (shprislar, tizimlar, bog‘lov materiallari va antiseptiklar va boshqalar) foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatganda, foydalanuvchi (bemor) ushbu materiallar qiymatini darhol tibbiyot mutaxassisiga to‘lashi shart.
- Foydalanuvchi (bemor) taqdim etilgan muolajalar uchun to‘lovni platformaning narxlar ro‘yxatiga muvofiq va/yoki klinikada belgilangan narxlar ro’yxatiga muvofiq amalga oshiradi.
- Tibbiy xizmatlar uchun to‘lov foydalanuvchi (bemor) tomonidan xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng darhol yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Hisob-kitob birligi - O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi (so‘m).
4. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Foydalanuvchi (bemor) quyidagi huquqlarga ega:
- Platformadan kunning istalgan vaqtida foydalanish.
- Platforma orqali zarur tibbiyot mutaxassislari bilan bog’lanish.
- Platformada faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tish va faqat bitta shaxsiy sahifaga ega bo‘lish.
4.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
- Platforma tomonidan hisoblangan summani o‘z vaqtida to‘lash.
- Buyurtma berishda tibbiy xizmatning qaysi turi uchun tibbiyot mutaxassisi tanlanayotganligini va qaysi vaqt uchun tanlanayotganligini ko‘rsatish.
- Tanlangan vaqtdan kamida 15 (o’n besh) daqiqa oldin tibbiy mutaxassis faoliyat yuritayotgan klinikada hozir bo’lish va buyurtmani bekor qilish istagi bo‘lsa, buni tibbiy mutaxassis qabul qilishidan kamida 3 (uch) soat oldin amalga oshirish.
- Buyurtma tibbiyot mutaxassisi va/yoki klinika tomonidan qabul qilingandan keyin belgilangan vaqtdan kech qolib bekor qilingan taqdirda _________________ so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lash.
- Tibbiy yordam ko‘rsatishdan oldin tibbiyot mutaxassisiga boshqa kasalliklar mavjudligi, har qanday dori yoki muolajalardan foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni taqdim etish.
- Davolovchi shifokorlar ro‘yxatini taqdim etish.
- Tibbiyot mutaxassisi tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish va tibbiy yordam ko‘rsatishga xalaqit bermaslik.
- Tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqtida va undan keyin tibbiyot xodimlariga nisbatan o‘zini hurmat bilan tutish.
- Tibbiy mutaxassis ko‘rsatmalariga amal qilish.
- Foydalanuvchi platforma orqali shifokor xizmatiga bron (booking) qilganda yolg‘on ma’lumot kiritish yoki asossiz ravishda bron qilish kabi harakatlarni amalga oshirmaslik.
- Buyurtma turini tanlashda to‘g‘ri tibbiy mutaxassisni ko‘rsatish.
- Tibbiyot xodimidan belgilangan vaqtda tibbiy muolajalarni olishga tayyor bo‘lish.
- Tibbiy mutaxassis qabuliga qayta borishda faqat platforma orqali qo‘ng‘iroq qilish va/yoki buyurtma berish.
4.3. Platforma quyidagi huquqlarga ega:
- Foydalanuvchi (bemor) ning shaxsiy ma’lumotlaridan tibbiyot mutaxassislariga va zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga ularning asosli talablariga muvofiq taqdim etish.
- Platformadan foydalanish qoidalari yoki ushbu ommaviy oferta shartlari buzilgan taqdirda, foydalanuvchining platformaga kirishini bloklash yoki cheklash.
- Istalgan vaqtda ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish.
5. TOMONLAR JAVOBGARLIGI
- Platforma (platforma rahbariyati) tekshiruvdan o‘tish vaqtida tibbiyot mutaxassisi tomonidan noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar uchun javobgar emas.
- Foydalanuvchi tibbiy mutaxassis ma’lumotlarini uning roziligisiz uchinchi shaxslarga tarqatganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
- Platforma va tibbiyot mutaxassisi tibbiy ko‘rsatmalarni amalga oshirish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yoki kutilmagan asoratlar (allergik reaksiyalar, anafilaktik shok va boshqalar) uchun javobgar emas.
- Foydalanuvchi (bemor) jiddiy kasalliklar (saraton, hayot uchun xavfli bo‘lgan jiddiy jarohatlar va boshqalar) natijasida vafot etgan taqdirda platforma va tibbiyot mutaxassislariga e’tiroz bildirmaydi.
- Platforma va tibbiyot mutaxassisi bemorni ilgari davolagan boshqa tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari uchun javobgar emas.
- Platforma va tibbiyot xodimi shartnomaga muvofiq xizmatlarni ko‘rsatmaganlik uchun, agar bu fors-major holatlari (yong‘in, tabiiy ofatlar, tibbiyot xodimi avtomobilining buzilishi, tibbiyot xodimi avtomobili bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi) tufayli yuz bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
- Foydalanuvchiga (bemorga) sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, da’volar va e’tirozlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tibbiyot mutaxassisiga nisbatan qo‘llaniladi.
- Foydalanuvchi yoki bemor tomonidan ushbu shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, agar ular turli shaxslar bo‘lsa, ular platforma va tibbiyot xodimi oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
6. FORS-MAJOR HOLATLAR
- Tomonlar majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar bunday vaziyatlar yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar bo‘lib, davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlangan muayyan davrning oqibatlari bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadilar. Bu holda mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati tegishli ravishda ushbu hodisalar amal qiladigan davrga kechiktiriladi.
- Ishbilarmonlik faolligining pasayishi, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, bozordagi noqulay sharoitlar, zarur mablag‘larning yetishmasligi, narxlarning o‘zgarishi, kontragentlar tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi, tuzilmaning, huquqiy shaklning, ish tartibining o‘zgarishi, bozorda zarur tovarlarning mavjudligi va boshqa holatlar tufayli yuzaga kelgan tijorat tavakkalchiliklari, shuningdek da’volar miqdori va (yoki) boy berilgan foyda fors-major holatlari hisoblanmaydi.
7. YAKUNIY QOIDALAR
- Ushbu oferta shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuziladi va tomonlar uchun u tuzilgan paytdan boshlab foydalanuvchi shaxsiy sahifasini o‘chirib tashlagunga qadar amal qiladi.
- Ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
- Tomonlar o‘rtasidagi nizolar ular o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
- Agar muzokaralar kelishuvga olib kelmasa, nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi.
- Ushbu oferta shartnomasi foydalanuvchi tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin, biroq bu avval ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida yuzaga kelgan majburiyatlarning bajarilmagan qismiga ta’sir qilmaydi.
12/6/2025